Yuqori Texnologiya Va Ko’p Yillik Tajribaga Asoslangan Xavfsiz Operatsiyalar

Hoziroq Ro'yxatdan O'tib, Bepul Konsultatsiyaga Ega Bo’ling!

Osilgan qorin va ko’krak tabassumingizni olib qo’yganda…

Barcha ma'lumotlar mahfiy saqlanadi

Bepul konsultatsiyaga yoziling

Nega plastik jarrohlik yildan-yilga ommalashib bormoqda?

Har yili millionlab kosmetik muolajalar o’tkazilayotgan bo’lsa, shulardan taxminan o’n mingtasi O’zbekiston hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Amerika yuz plastikasi va rekonstruktiv jarrohligi akademiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, agar ortiqcha puli bo’lganida yoshi kattalarning deyarli 85 foizi plastik jarrohlikka rozi bo’lar ekan.

Shu o’rinda savol tug’iladi: plastik jarrohlikning bu qadar ommalashishiga sabab nima?

Javobi oddiy – plastik jarrohlik insonlar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Qayerda yashashingizdan qat'iy nazar, tashqi ko'rinish odamlarning bir-biriga bo’lgan munosabati, muomalasida katta rol o'ynaydi.   Ya’ni plastik jarrohlik nafaqat tashqi ko'rinish, balki kayfiyat va o'ziga bo’lgan ishonchni ham yaxshilaydi.   Aynan shu maqsadda insonlar plastik jarrohlikka murojaat qilishadi.

Keling endi, odamlar plastik jarrohlikning afzalliklarini yaxshiroq tushunishlari uchun nega aynan plastik muolajalarga rozi bo’lishlarining sabablari bilan tanishamiz:

  • Tashqi ko’rinishni chiroyli qilish Plastik operatsiyalar orqali o’zingiz orzu qilgan tashqi ko’rinishga ega bo’lasiz.

  • Qarish alomatlariga qarshi kurash

    Ko’pchilik insonlar o’z yoshligini uzoqroq saqlab qolish maqsadida ham plastik jarrohga murojaat qilishadi.

  • Terini tekislash

    Tananing turli qismlaridagi ajin, chandiq va osilib olgan terilar plastik jarrohlik yordamida olib tashlanishi mumkin.

  • Funksional plastik operatsiyalar

    Turli xil tana muammolarini hal qilish mumkin. Masalan, osilib qolgan qovoqlarni ko’tarish, mammoplastika va hokazo.

  • Ijtimoiylashuv

    Maftunkor inson boshqalar tomonidan sog'lom, yetakchi va hissiyotli sifatida qabul qilinadi.

  • O’ziga bo’lgan hurmatning oshishi


    Plastik jarrohlikning maqsadi – bemorning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarish.

Do’stlar, keling endi tanishib olamiz.

Mening ismi-sharifim Kamalov Sultonxo’ja Tavakkalxo’jayevich va men plastik jarrohman.

Professional kar’eramni umumiy xirurg yo’nalishidan boshlaganman.

Biroq plastik jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha ko’plab malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini mukammal o‘zlashtirdim.

Va nokamtarlik bo’lsa ham aytaman, plastik jarrohlikning yuqori malakali mutaxassisi sifatida tan olindim!

Без ложной скромности признан высококвалифицированным профессионалом своего дела!

Professional faoliyatim:

  • 2004-2011 – Andijon Tibbiyot Instituti

  • 2012-2013 – Toshkentdagi Vohidov nomidagi RIJIATMda Internatura

  • 2014-2015 – Ukrainaning Kiyev shahridagi Shupik nomli Akademiyada aspirantura himoyasi bo'yicha malaka oshirish

  • 2015 avgust-dekabr – Plastik jarrohlik bo'yicha intensiv kurs (AQSh, Mayami)

  • 2016 yanvar-mart – Plastik jarrohlik bo'yicha intensiv kurs (Malayziya, Kuala-Lumpur)

  • 2016 aprel-avgust –  Plastik jarrohlik bo'yicha intensiv kurs (BAA, Dubay)

Lekin men bu bilan to'xtab qolganim yo’q va sizga iloji boricha foydali bo'lish uchun plastik jarrohlik sohasidagi eng so'nggi texnologiyalardan xabardor bo'lishga harakat qilaman.

Men xalqaro kongresslarning doimiy ishtirokchisiman:

  • 2015 yil - Ukraina, Odessa

  • 2015 yil - AQSh, Los-Anjeles

  • 2016 yil - Rossiya, Sankt-Peterburg

  • 2017 yil - Rossiya, Sankt-Peterburg

  • 2017 yil - AQSh, Mayami

  • 2018 yil- Rossiya, Sankt-Peterburg

  • 2019 yil- Rossiya, Moskva

  • 2020 yil- Rossiya, Sankt-Peterburg

Ta'lim va ulkan tajribam – sog'lig’ingiz sifati va xavfsizligingiz kafolatidir!

Biz haqimizda:

Nargiza

28 yosh

Men umidsizlikka tushib qolgandim, bir klinikada ko'kragimni operatsiya qilishuvdi, lekin preparatlar noto'g'ri ketib qolib ko'kragimda yiring paydo bo'ldi. Men uni bir necha marta ochtirdim, oxirida ular implantatsiya qilishni taklif qilishdi. Noto'g'ri tanlangan implantlar tufayli ko'kragim juda og'rib, jarohatlanib, yog’I olib tashlangan qorin bilan shu plastik xirurgning oldiga keldim. O‘sha chala xirurglarning dahshatli xatosini tuzatgan, cheksiz dardlardan qutqargan, go‘zalligim, o‘zimga bo’lgan ishonchimni qaytargan doktor Kamalovdan juda minnatdorman. Endi menda chiroyli ko'kraklar va tekis bel bor. Men juda xursandman, sizga rahmat aytishdan charchamayman doktor!

Munavvar

51

Yoshim o’tgani sayin ko'z qovoqlarim tushib, yonoqlarim osilib qoldi, ikkinchi iyak paydo bo'ldi, qorin va qo'l terilarimam juda osilib ketdi. Anchadan beri yaxshi
shifokor izlab yuruvdim, Kamalovga kelganimdan xursandman. Men professional yondashuv, hurmat va yaxshi natijaga birdaniga ega bo’ldim. Operatsiyadan keyin o'zimni yengil va yosharganday his qildim. Hamma narsa muammosiz va eng yuqori darajada o'tdi. Operatsiyadan olti oy o'tgan bo’lsayam o’zimni yaxshi his qilyapman. Men endi o'zimni va tanamni juda yaxshi ko'raman, katta rahmat!

Vitalina

45 yoshda

Mening uchta farzandim bor, ularni emizganimdan keyin ko'kraklarim o’z shaklini yo’qotib, osilib qoldi. Erim oldida uyala boshladim, o'zimga ishonchim yo'qoldi. Ko'krakni kichraytirish va ko'tarish operatsiyasiga pul yig'ishga qaror qildim, Toshkentdagi plastik jarrohlar haqida ma'lumot qidirib yurgandim. Barcha doktorlar orasidan Sultonxo‘ja Kamolovni tanladim. Men hech qachon bundan afsuslanmayman, chunki u mening ko'kraklarimni juda professional tarzda tuzatdi, chandiqlar deyarli ko'rinmaydi va vaqt o'tishi bilan ular butunlay yo’qolib ketdi. Men o’zimni malikalardek his qilyapman! Doktor Kamolovni hammaga tavsiya qilaman.

Men sizni operatsiya qilishdan bosh tortaman, agar:

  • Siz haqiqatga to’g’ri kelmaydigan natijani kutyapsiz. Plastik jarrohlik sehrgarlik emas, u Sizdan kimnidir yasab qo’ymaydi. Har qanday jarrohlik bemor sog’ligi va tana tuzilishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

  • Sog'lig’ingizda muammolar bo’lsa (haddan tashqari, ortiqcha vazn, o'tkir surunkali kasalliklar, onkologiya, diabet va boshqalar).

  • Operatsiya qildirish qarori sizga tegishli bo’lmasa: o'zingizni emas, boshqa birovni xursand qilish uchun sog'lig'ingizni xavf ostiga qo'yayotgan bo’lsangiz.

  • Ruhiyatingizda o’zgarishlar bo’lsa: arzimas kamchilik Sizga katta bo’lib ko’rinsa,
    natijadan qoniqishingiz dargumon. Va siz o'zingizdan ataylab kamchilik qidirsangiz.

  • Sizga aynan nima kerakligini to’liq bilmasangiz.

  • Siz o’rnatilgan qoidalarga amal qilmaysiz (liposaksiyadan keyin maxsus kiyim kiymoqchi emassiz yoki operatsiya stolidan turishingiz bilanoq sport zaliga qaytish niyatidasiz).

  • Siz homilador yoki emiziklisiz.

Plastik jarrohlik bo’yicha ixtisosliklarim:

  • Mammoplastika (ko'krakni kattalashtirish, kichraytirish, ko'tarish, ko’krak uchi plastik jarrohligi)

  • Abdominolastika (qorin shaklini tuzatish)

  • Mini abdominolastika

  • Liposkulptura (qomatni to’grilash)

  • Liposaksiya

  • Lipofiling

  • Blefaroplastika (pastki va yuqori qovoqlar jarrohligi)

  • Otoplastika (quloq jarrohligi)

  • Iyak liposaksiyasi

  • Glyuteoplastika (dumba protezi)

  • Frontlifting (peshonani ko'tarish)

  • Temporallifting (ensa suyagini ko’tarish)

  • Browlifting (qoshni ko’tarish)

  • Bulxorn (burun va tepa lab oralig’ini qisqartirish)

  • Dimplektomiya (kulgich hosil qilish)

Siz ega bo’lasiz:

Shubha va qo’rquvlaringizni yo’qqa chiqaradigan bepul konsultatsiya olish imkoniyati

Muammoingizni bir necha soat ichida hal bo’lishi

2-3 haftada sog’lig’ingizning to’liq tiklanishi (tiklanish davrida professional tekshiruv va maslahat olish)

Tasavvur qiling…

Siz, va nihoyat, yaxshi doktorning qo’liga tushib, yillar davomida Sizni qiynab kelayotgan tashqi ko’rinishingizdagi muammolardan xalos bo’ldingiz.


Har kuni Jozibali qiyofa va qomatingizga ko'zgu orqali qarab zavqlanasiz, qarama-qarshi jins vakillarining nigohlari esa Sizni bezor qiladi.


Tadqiqot natijasiga ko’ra, maftunkor insonlar boshqalarga qaraganda 20%ga ko’proq daromad topisharkan.

Psixologlar bu effektni "Go'zallik mukofoti" deb atashadi.

Bundan tashqari, atrofdagilar jozibali odamlarni aqlli, yorqin, kirishimli insonlar deb bilishadi, lekin eng muhimi, Siz o'zingizni sevishni boshlaysiz.

Agar sizda hali ham shubha bo'lsa...

Agar siz o'zingizga: «Operatsiya natijasi menga yoqmasa-chi», deb savol berayotgan bo’lsangiz…

Men operatsiya boshlanishidan oldin bemor bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha noxush holatlarni nuqta-verguligacha muhokama qilaman.

Va jarrohlik amaliyoti davomida “Natija menga yoqmadi” variantidan qochishga bor kuchim bilan qattiq harakat qilaman.

Operatsiyani bemor bilan bir-birimizni to'liq tushunganimizdan keyingina boshlayman va kerakli natijaga erishaman.

Asosiysi, bemor bilan o'rtamizda to'liq ishonch bo’lishi kerak.

Shuning uchun, mendan hech narsani yashirmang, sizni nima qiziqtirayotgan yoki tashvishlantirayotgan bo’lsa, bu haqda mendan so’rang. Men barcha savollaringizga javob beraman.

Bilim, ulkan tajriba va ijobiy natijadan qoniqqan bemorlarning so’zlari har qaysi shifokor uchun muhim ahamiyatga ega.

Va sizda men haqimda ko'proq bilish imkoniyati mavjud.

Anesteziolog kafolat beradi…

Konsultatsiyalarda men bemorlar plastik jarrohlikdan emas, balki narkozdan juda qo’rqishlariga guvoh bo’laman.

Men bu qo'rquvlarni tushunaman...

Axir o’tmishda bemorlarning narkozga toqat qilishlari qiyin edi.

Ammo bugungi kunda vaziyat o'zgardi! Zamonaviy dorilar ancha yumshoq ta’sir ko’rsatadi.

Hozirda anesteziologlar bir nechta dori-darmonlardan "mix" tayyorlamoqdalar.

Ularning miqdori qat'iy belgilanadi va nazorat qilinadi.

Operatsiyadan oldin anesteziolog bilan maslahatlashish majburiy!

  • Tajribali malakali anesteziolog-reanimatolog

  • Yuqori texnologiyali narkoz va nafas olish uskunalari

  • Zamonaviy, xavfsiz preparatlardan foydalanish

Bularning barchasiga kafolat beramiz:

  • Yuqori sifatli narkoz

  • Minimal xavf

  • Umumiy narkozdan keyin bemorning holatini nazorat qilish.

Yaraning sezilmas bo’lib bitishi jarohatni tikish usuliga bog'liq.

Tikish ikki xil shaklda amalga oshiriladi:

1. Agar yara bo'sh bo'lsa, choklar uni birlashtiradi, bunda yara ochilib ketmasa, tezroq bitadi.

2. To'qimalar birga o'sishi uchun sharoit yaratiladi.

Chandiq qolish-qolmasligi faqat tikishga emas, balki ignalarning qanday qo'llanilishi, va necha qatlam tikilishiga ham bog’liq.

Men tajribali plastik jarroh sifatida bemor fiziologiyasi va operatsiya turiga qarab eng maqbul usullardan foydalanaman.

Shu sababli operatsiyadan keyin nozik, sezilmas iz qoladi.

Bu izning ham vaqt o'tishi bilan rangi ocharib, butunlay bilinmay qoladi.

Bunga amin bo’lishingiz uchun mana bu ishlarimga baho bering.

Bularning barchasi nima uchun kerak?

Plastik jarrohlikning eng katta foydasi– u odamlarga tug'ma yoki orttirilgan jismoniy nuqsonlardan xalos bo'lish imkonini beradi.

Bu esa ko'pincha inson ruhiy salomatligiga juda kuchli ta'sir ko’rsatadi va to’laqonli yashashiga halaqit beradi.

Masalan, yoriqlar, baxtsiz hodisadan keyingi chandiq va jarohatlar.

Bundan tashqari, ba’zi ayollarda tug'ruqdan keyin qomat bilan bog’liq’ muammolar paydo bo’ladi. Yoshga doir o'zgarishlar ham uchrashi tayin.

Mo’jizalar yarata oladigan zamonaviy plastik jarrohlik tufayli siz tanangizning deyarli har bir qismini o'zgartirishingiz mumkin. Operatsiya yordamida akne, ajin, yog' to’qimalari olib tashlanadi.

Bu – bemorning o'z kuchiga ishonchini oshiradi, komplekslardan xalos bo'lishga, shaxsiy munosabatlar o'rnatishga yordam beradi.

O'zidan norozilik yo'qoladi, qadr-qimmati oshadi, inson kelajakka optimistik ruh
bilan qaray boshlaydi.

Ko'pgina kasblarda tashqi ko'rinish juda kuchli omil bo'lib, undan foydalanishning hech bir yomon joyi yo'q!

Agar siz tashqi ko'rinishingizni yoqtirmasangiz va u sizga noqulaylik va ruhiy azob tug’dirsa, bepul konsultatsiya olish uchun ro'yxatdan o'ting.

Ish vaqti:

Du - Ju: 9-00 - 17-00

© 2022 Dr.Kamalov | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.